"Australian Open"da dastlabki finalchilar nomi ma’lum

  • 23 yanvar, 2019, 11:28
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Vengriyalik Timea Babosh va frantsiyalik Kristina Mladenovich "Australian Open" turnirining juftlik bahslarida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Timea va Kristina musobaqaningyarim finalida amerikalik Jennifer Bredi va Elison Riskeni 6:4, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 

Endi ular Avstraliya ochiq chempionatining final bosqichida avstraliyalik Samanta Stosur va xitoylik Jan Shuay, yoki cheshxiyalik Barbora Strikova hamda Marketa Vondroushovaga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!