
"Atletiko" yozda "Portu" himoyachisini sotib oladi
"Portu" himoyachisi Aleks Telles mavsum yakunlangach "Atletiko"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Goal.com nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “matraschilar” 26 yoshli braziliyalik futbolchi uchun “Portu”ga naqd 40 mln evro to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Telles joriy mavsum “Portu” safida jami 29ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar