
"Atletiko" "Real"ga qarshi o‘yindagi bahsli holatlarni keltirib o‘tdi (FOTO)
Madridning “Atletiko” klubi kecha La Liganing 23-turida hamshahari “Real”ga (3:1) qarshi o‘yinda hakamlarning ayoim qarorlaridan norozi ekanligini bildirdi.
“Matraschilar” rasmiy tvitterida quyidagi holatlar alohida tilga olingan:
- Xose Ximenes Vinisius Juniorni qo‘pollik evaziga to‘xtatgan va natijada penalti belgilangan. Aslida esa qo‘pollik jarima maydoni tashqarisida sodir etilgan.
- "Atletiko" hujumchisi Alvaro Morataning goli esa bahsli vaziyatda bekor qilingan
- Keyingi vaziyatda “Real” xavbeki Kazemiro o‘z jarima maydonida “matraschilar” forvardi Morataga qo‘pollik ishlatgan.
Fikrlar