"Arsenal" yozda Lyakazettni sotmoqchi

  • 22 fevral, 2019, 14:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi forvardi Aleksandr Lyakazett mavsum yakunlangach jamoani tark etishi mumkin.

Tecno

Daily Star nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "kanonirlar" bosh murabbiyi Unai Emeri ajoyib mavsumni o‘tkazayotgan Per-Emerik Obameyangning soyasida qolib ketayotgan 27 yoshli frantsuzni jamoada ushlab turgisi kelmayapti.

Ma’lumot uchun, Lyakazett “Arsenal” safiga 2017 yilning yozida “Lion”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum APLda 25ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!