"Arsenal" rahbarlari yozda transferlar uchun 45 mln evro ajratadi

  • 5 fevral, 2019, 11:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis jamoani qaytadan shakllartirmoqchi. Jumladan u yozda kamida 5 ta futbolchi olishni ko‘zlamoqda, bular ikki vinger, ikki qanot yarim himoyachilari va bitta markaziy himoyachidir.

Tecno

"To‘pchilar"ning hozirgi asosiy muammosi Emerining rejalariga kirmaydigan Mesut O‘zil uchun munosib jamoa topishdan iborat. Ma’lumot uchun, germaniyalik futbolchining haftalik maoshi 400 ming evroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" ayni vaqtda Angliya Premer-ligasida 47 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. 4-pog‘onada ketayotgan "Chelsi" hisobida esa 50 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!