
Argentina terma jamoasi Rossiya va Nigeriyaga qarshi bahs uchun o‘z tarkibini e’lon qildi
Argentia terma jamoasi murabbiylar shtabi 11 noyabr kuni Rossiya hamda 14 noyabr kuni Nigeriya termalariga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinlari uchun quyidagi futbolchilarga chaqiruv yubordi:
Darvozabonlar: Serxio Romero («Manchester Yunayted»), Nauel Gusman («Tigres»), Agustin Markesin («Amerika»).
Himoyachilar: Xaver Maskerano («Barselona»), Federiko Fasio («Roma»), Gabriel Merkado («Sevilya»), Nikolas Otamendi («Manchester Siti»), Xerman Pesselya («Betis»).
Yarim himoyachilar: Eduardo Salvio («Benfika»), Lukas Bilya («Milan»), Ever Banega («Sevilya»), Markos Akunya («Sporting»), Leandro Paredes, Emiliano Rigoni, Mattias Kranevitter (vse – «Zenit»), Alexandro Gomes («Atalanta»), Diego Perotti («Roma»).
Hujumchilar: Lionel Messi («Barselona»), Serxio Aguero («Manchester Siti»), Mauro Ikardi («Inter»), Paulo Dibala («Yuventus»), Anxel Di Mariya (PSJ).
Fikrlar