Anri "Bordo"dan juda katta maosh so‘ragani ma’lum bo‘ldi

  • 28 avgust, 2018, 21:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belgiya terma jamoasi murabbiyi Terri Anri uning xizmatlariga qiziqish bildirgan "Bordo"dan juda katta maosh talab qilgani ma’lum bo‘ldi. 

Tecno

Daily Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 41 yoshli mutaxassis frantsuz klubidan oyiga kamida 200 ming evro (yiliga 2,4 mln) maosh olishni xohlagan. Biroq, "Bordo" rahbariyati hali yakka tartibda murabbiylik tajribasiga ega bo‘lmagan Anri uchun bu qadar katta maosh to‘lashni istamagan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Bordo" Klaudio Raneri va Antonio Konte kabi mutaxassislar bilan muzokalar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!