
"Anji" – "Krasnodar" 0:4 (video)
Rossiya Premer-ligasida 7-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Dostonbek Hamdamov faoliyat olib boradigan "Anji" klubi bu tur o‘z maydonida "Krasnodar"ga qarshi bahs olib bordi.
Kaspiyskda kechgan uchrashuvda "buqalar" mezbonlar darvozasiga javobsiz 4 ta gol kiritdi. Hamdamov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 76-daqiqada zaxiraga olindi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar