
Anjelik Kerber ham Singapurga boradi
Germaniyalik tennischi Anjelik Kerber joriy yilning 21-28 oktyabr kunlari Singupurda o‘tadigan yakuniy turnirda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
30 yoshli germaniyalik tennischi uchun bu galgi "WTA Finals" musobaqasi beshinchisi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin ayollar o‘rtasidagi yakuniy turnirda ishtirok etish huquqini ruminiyalik dunyoni birinchi raqamli tennischisi Simona Xalep naqd qilgan edi.
Fikrlar