
Anjelik Kerber Uxandan quruq qo‘l bilan qaytadigan bo‘ldi
Germaniyalik tennischi Anjelik Kerber Uxanda o‘tayotgan xalqaro turnirning uchinchi davrasiga chiqa olmadi.
Kerber "Dongfeng Motor Wuhan Open" turnirining ikkinchi bosqichida avstraliyalik Eshli Bartiga 5:7, 1:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Shu tariqa Barti musobaqaning chorak finaliga chiqish uchun rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkova hamda chexiyalik Petra Kvitova o‘yini g‘olibiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar