
Anett Kontaveytga qiyin bo‘ldi
Estoniyalik Anett Kontaveyt va belaruslik Aleksandra Sosnovich Avstraliya ochiq chempionatining ikkinchi davrasida o‘zaro raqobatlashdi.
Melburnda o‘tgan ushbu uchrashuvda Anett raqibiga 3:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani tark etdi.
Endi "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Australian Open" chempionatining uchinchi davrasida Sosnovich rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkovaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar