Andrey Kanchelskis: "Navbahor"ga kelishim 3 kunda hal bo‘ldi

  • 7 noyabr, 2018, 13:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navbahor"da ish boshlaganiga hali ko‘p bo‘lmagan Andrey Kanchelskis rus jurnalistlariga o‘zining O‘zbekistondagi faoliyati haqida qisqacha gapirib o‘tdi. Bu haqda lochinlar.uz sayti xabar bermoqda.

O‘ZBEKISTONGA KELIB QOLIShI

- Menga qo‘ng‘iroq qilishdi, taklif etishdi keldim. Taklifni ko‘p o‘ylashimga qo‘yishmadi. 3 kun ichida barchasi hal bo‘ldi.

«NAVBAHOR» HAQIDA

- Jamoa o‘z an’analariga ega klub. Har bir Namangandagi o‘yinda stadion muxlislar bilan to‘lib toshadi. Shahar Toshkent kabi katta bo‘lmasa ham, Namangan futbolsevar halq. Klubda yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Tarkibda muammolar bo‘lsada, chempionatni yuqori notada yakunlashga harakat qilamiz. 

VAZIFA

- Oldimizdagi asosiy vazifa chempionatni kamida 3-o‘rinda yakunlab, medallarga ega chiqish. Avvalari bronza olish bo‘yicha etakchi bo‘lgan «Navbahor» 2005 yildan beri sovrinsiz yuribdi. Ikkinchi o‘ringa ham nazariy jihatdan imkoniyat bor. Oxirigacha kurashamiz. 

DASTLABKI HAYRAT


- Meni aeroportda yuzga yaqin ishqiboz kutib oldi. To‘g‘risi, buni kutmagandim. Tanishtiruv marosida esa 300 ta muxlis! Ulardan qaerdan eshitishdi, hayronman (kulib). Mahalliy muxlislarning klubga bo‘lgan mehridan hayratlandim.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!