Andijonda mashhur futbolchilar ishtirokida yosh sportchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

  • 14 fevral, 2019, 19:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, joriy mavsumdan boshlab mahallalardagi hamda o‘quv-yurtlarida taxsil olayotgan yoshlar o‘rtasida futbolni keng targ‘ib etish maqsadida hozirda faoliyat olib borayotgan va faoliyatini tugatgan mashxur futbolchilar ishtirokida turli uchrashuvlar o‘tkazilishi an’anasi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Tecno

Bugun Andijon shaxridagi "Olimpiya zahiralari kolleji" majlislar zalida “Andijon” futbol klubi mutasaddilari, Viloyat kasb-hunar ta’lim boshqarmasi vakillari, Viloyat mahalla kengashi a’zolari, yosh futbolchilar, "Andijon" futbol klubining faxriy futbolchilari, klub fan-klubi a’zolari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda PFL Muxlislar bilan ishlash bo‘limi mutaxassislari ham qatnashishdi.

Unda Viloyat kasb-hunar ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Tohir Badalov, Viloyat mahalla kengashi raisi o‘rinbosari Dilshodbek Tojiboev, "Andijon" futbol klubi bosh direktori Orif Mamatkazin, sport direktori Islombek Rustamov, matbuot kotibi Odilbek Tolipov, faxriy futbolchilar – Baxtiyor Hamidullaev va Raxim Qodirov, klubning bir qator fan klubi a’zolari va yosh sportchilar ishtirok etishdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad, sportning futbol turini mamlakatimizda keng targ‘ib qilish, stadionga muxlislarning tashrifini oshirish va ularga keng sharoitlar yaratib berish, shuningdek yosh futbolchilar faxriy futbolchilardan o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan maslahatlar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Uchrashuvda ishtirok etgan yosh futbolchilar "Andijon" futboli sobiq to‘purari, faoliyati davomida "Andijon", "Paxtakor" va "Neftchi" kabi jamoalarida to‘p surgan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi Baxtiyor Hamidullaevga o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!