"Andijon" afsonasi yana jamoaga qaytdi

  • 23 fevral, 2019, 09:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Baxtiyor Hamidullaev...Ha, bu nomni o‘qishingiz bilan “Andijon” jamoasi tarkibida bir qator gollar muallifi bo‘lib, muxlislarga olam-olam quvonch bahshida etgan o‘sha mashhur hujumchi ko‘z ostingizga keladi.

Tecno

Futbolchilik faoliyati davomida O‘zbekiston chempionatida 196 ta gol muallifi bo‘lgan sobiq hujumchi “Shahrixon”, “Neftchi”, “Olmaliq” va “Paxtakor” jamoalarida to‘p surgan, futbolchilik faoliyatining asosiy qismini esa “Andijon” jamoasida o‘tkazgani barchaga ma’lum.

Butsalarin mixga ilgach, murabbiylik sohasini tanlagan Hamidullaev “Andijon” yoshlar jamoasida ish boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Men uchun qadrli bo‘lgan “Andijon” jamoasiga qaytganimdan xursandman. Yoshlar jamoasini ishonib topshirgani uchun klub rahbariyatiga, xususan bosh direktor Ma’rufjon Abdisalomovga minnatdorchilik bildiraman. Mehnatim va bilimim orqali yosh futbolchilarni tarbiyalab, asosiy jamoaga etakchi futbolchilarni etkazib berish uchun chin dildan mehnat qilaman. O‘zimga bildirilgan ishonchni albatta oqlashga harakat qilaman” -deydi Hamidullaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!