
Anchelotti qiyin holatga tushib qoldi
Ertaga Germaniyada yangi mavsumga start beriladi. Mavsumni odatdagidek, kubok va mamlakatning amaldagi chempionlari o‘rtasidagi bahs – Superkubok o‘yini boshlab beradi.
Ushbu o‘yinda amaldagi chempion “Bavariya” va o‘tgan mavsum billur sovrinni qo‘lga kiritgan “Borussiya Dortmund” o‘zaro bahs yuritadi.
Mazkur uchrashuv oldidan myunxenliklar ustozi Karlo Anchelotti qiyin ahvolda qoldi. Boisi, “Bavariya”ning birdaniga 7 futbolchisi ushbu o‘yinni jarohat sabab o‘tkazib yuborishadi. Bular Aren Robben, Djerom Boateng, Manuel Noyer, David Alaba, Tiago Alkantara, Xames Rodriges va Xuan Bernatlardir.
Ushbu o‘yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23.30 da start oladi.
Fikrlar