Anchelotti Xorvatiya terma jamoasini boshqarishi mumkin

  • 19 oktabr, 2017, 13:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqindagina Myunxenning “Bavariya” klubidan iste’foga chiqarilgan Karlo Anchelotti Xorvatiya terma jamoasida ish boshlashi mumkin.  Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha mamlakat futbol federatsiyasi JCh-2018 davrida terma jamoani aynan 54 yoshli italiyalik mutaxassisga ishonib topshirishmoqchi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, Zlatko Dalich boshchiligidagi Xorvatiya terma jamoasi mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun pley-offda Gretsiya qarshiligini sindirib ko‘rishga harakat qiladi. Ushbu o‘yinlar 9-12 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

E’tiborlisi, terma jamoa Dalich qo‘l ostida jahon chempionatiga chiqqan taqdirda ham, keyinchalik Anchelotti xorvatlarni mundialga olib boradi. Rahbariyatning fikricha italiyalik mutaxassis ayni damdagi iqtidorlarga boy terma jamoadan ushbu yirik musobaqada maksimum natijaga erisha oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!