
Anastasiya Pavlyuchenkova muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor tennis bo‘yicha Rossiya terma jamoasi "Federatsiyalar kubogi"ning birinchi guruhida Polsha termasiga qarshi bahslashmoqda.
O‘yinning ikkinchi uchrashuvida Anastasiya Pavlyuchenkova va Magda Linett o‘zaro raqobatlashdi. Unda Anastasiya 6:4, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa Rossiya va Polsha o‘rtasidagi o‘yin 2:0 ko‘rinishini oldi. Juftlik bahslarida Margarita Gasparyan va Darya Kasatkina – Magdalena Fresh va Alisiya Rosolska o‘zaro kuch sinashadi
Fikrlar