
Ana xolos! Qatar JCh-2022ning yagona mezboni bo‘lmasligi mumkin
FIFA prezidenti Janni Infantinoning so‘zlariga ko‘ra agar JCh-2022da ishtirokchilar soni 48taga etkaziladigan bo‘lsa, ayrim o‘yinlar Qatar mamlakatidan tashqarida ham o‘tkazilishi mumkin.
“Qatarda 8 ta stadion mavjud va ular 32 ta terma jamoa ishtirokidagi jahon chempionatiga moslab tayyorgarlik ko‘rishmoqda. O‘sha 8 ta stadionda 48 ta terma jamoa ishtirok etadigan turnirni tashkillashtirish oson emasligini anglash uchun Eynshteyn bo‘lish shart emas.
Shu bois biz ayrim o‘yinlarni Qatardan tashqarida o‘tkazish masalasida izlanishimiz kerak. Bu bizga qo‘shimcha qiyinchiliklar keltirib chiqaradi, albatta.
Ishtirokchilar sonini oshirish masalasi esa do‘stona va ochiq muhitda muhokama qilinadi. Agar bu ish amalga oshsa, quvongan bo‘lardim”, - deydi Infantino.
Eslatib o‘tamiz, Qatardagi mundial 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabrigacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar