
Alkantara "Real"ga o‘tishi mumkin
“Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres yashirincha “Bavariya” rahbariyati bilan Tyago Alkantaraning transferi borasida kelishuvga erishgan.
Shuningdek, bu futbolchini Xulen Lopetegi ham o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Murabbiy Tyago bilan JCh-2018 turniri arafasida Ispaniya termasida birga faoliyat yuritgan.
Alkantara Germaniya chempioni safiga Leon Goretska o‘tganidan so‘ng o‘z o‘rnini yo‘qotdi va yozgi transfer mavsumi yakuniga qadar boshqa klubga o‘tishni istamoqda.
Myunxenliklar bunga qarshi emas, biroq Peres uni yanvardagi transferlarda xarid qilishni rejalashtirgan.
Alkantara o‘tgan mavsum “Bavariya” safida 22 o‘yinda 4 gol va 4 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar