
Aleksis Sanches “Sautgempton”ga qarshi o‘yinni davom ettira olmadi
"Manchester Yunayted" klubi hujumchisi Aleksis Sanches jarohat oldi.
Chililik futbolchi ayni damda davom etayotgan “Sautgempton”ga qarshi bahsda jarohat oldi va ikkinchi bo‘lim 53-daqiqasida o‘yinni davom ettira olmay maydonni tark etdi. Uning o‘rniga esa Diogu Dalot o‘yinga qo‘shildi.
Ma’lumot uchun, Sanches joriy mavsum “qizil iblislar” safida jami 23ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar