
Aleksandr Samedov Rossiya terma jamoasi mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi
Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Samedov jamoaning bugungi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra murabbiylar shtabi 33 yoshli futbolchiga biroz dam berishga qaror qilgan va shu bois Samedov bugungi mashg‘ulotlar davomida faqat yakka tartibda shug‘ullangan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi 7 iyun kuni JCh-2018ning chorak finalida Xorvatiyaga qarshi bahs yuritadi.
Fikrlar