
Ahmedovdan golli uzatma, "Shanxay SIPG"dan esa ishonchli g‘alaba
Hamyurtimiz Odil Ahmedov to‘p tepadigan "Shanxay SIPG" klubi o‘z maydonida "Guanchjou Fuli"ni qabul qildi.
Gollarga boy tarzda kechgan uchrashuvda shanxayliklar 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. E’tiborlisi, "Shanxay SIPG"ning 3-goli muallifi Lyu Venjunni ajoyib pas bilan ta’minlagan futbolchi aynan Ahmedov bo‘ldi va Odil jamoasining g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.
Fikrlar