
Agar "Viktoriya" bugun TsSKAga yutqazsa, jamoa bosh murabbiyi pivo sotuvchisi bo‘lib ishlaydi
Chexiyaning "Viktoriya" klubi bosh murabbiyi Pavel Vrba agarda uning jamoasi bugun TsSKAga mag‘lub bo‘lsa, u ma’lum bir vaqtini Chexiyadagi barlarning birida pivo sotuvchisi sifatida o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi.
UEFA rasmiy saytining xabar berishicha ushbu mutaxassis Chempionlar ligasi guruh bosqichi boshlanishidan avval Chexiyaning pivo ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri bilan garov o‘ynagan. Unga ko‘ra agar "Viktoriya" EChL pley-offiga chiqa olsa, kompaniya jamoaning u stadioniga sig‘adigan 11 700 tomoshabinning barchasini pivo bilan mehmon qilishi kerak bo‘lgan. Ammo, bu amalga oshmadi.
Garovning ikkinchi qismiga ko‘ra esa agar “Viktoriya” Moskvada TsSKAga yutqazsa, u holda bosh murabbiy Plzen shahridagi pivoxonalardan birida pivo sotuvchi bo‘lib ishlashi kerak.
Ma’lumot uchun, TsSKA - "Viktoriya" bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:55da boshlanadi.
Fikrlar