Agar "Inter" Modrichni sotib ololmasa...
Milanning "Inter" klubi "Zenit" xavbeki Leandro Paredesga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Inter News xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra “neradzurrilar” agar “Real”dan Luka Modrichni sotib olisholmasa, u holda bor e’tiborlarini aynan 24 yoshli argentinalik futbolchiga qaratishadi. Xabarlarga qaraganda Paradesning xizmatlariga shaxsan jamoa ustozi Luchano Spalletti qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Modrich “Real” rahbariyatidan o‘zini “Inter”ga qo‘yib yuborishlarini so‘ragani haqida xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar