
APLda mo‘’jiza yaratayotgan klub qahramoni-Pereyra kim o‘zi?
Har doim ham «Uotford»dek kamtarona klub vakilini grand klublar vakili bilan qiyoslanavermaydi. Biroq Roberto Pereyra ayni vaqtda MYuning barcha davrlardagi eng qimmat transferi Pol Pogba bilan qiyoslanmoqda.
Argentinalik futbolchi «Uotford»ga katta mablag‘ evaziga kelganida muxlislar bunga biroz achinishgandi. Ular bu futbolchi ishonchni oqlashiga ko‘zi etmagandi.
13 million evro Neymar transferidan keyin arzimas chaqaga aylanib qoldi. Ammo «Uotford» uchun bu hamon yirik transfer hisoblanadi.
Xo‘sh, Premer Liganing yangi mavsumida mo‘jizalar ko‘rsatayotgan «Uotford» etakchisi Roberto Pereyra kim o‘zi?
Pereyra: uzun tarix
Argentinaning chekka bir joyida ulg‘aygan Pereyra o‘smirlik faoliyatini Buenos-Ayres giganti «River Pleyt»da o‘tkazdi. U u erda 18 yoshidayoq debyutini o‘tkazdi. Argentina klubida o‘zini ko‘rsatgan futbolchi keyinroq «Udineze» vakiliga aylandi.
Aleksis Sanches, Mehdi Benatiya va Kvadvo Asamoalar ortidan u ham o‘rtamiyona klubda omadga erishdi. U yangi jamoasi uchun 84 o‘yinda 8 gol urishga erishdi va A Seriya grandi «Yuventus»ning nazariga tushdi.
U avval «keksa sinora» safiga ijara asosida kelib qo‘shildi. Keyinroq 14 million evro evaziga to‘liq «Yuventus» vakiliga aylandi. Bunga uning birinchi mavsumdayoq 52 uchrashuv o‘tkazgani va yuqori taassurot qoldirgani sabab bo‘ldi.
Pereyra «Yuve»da ikki mavsum o‘ynadi. Uning ikkinchi mavsumdagi faoliyatidan keyin «Uotford» rekord mablag‘ evaziga o‘ziga og‘dirib oldi. Pereyra Angliyada ham o‘zini ko‘rsatdi. U «Arsenal»ga qarshi gol urib debyutini boshlagandi.
Uning yorqin taassurot qoldirishi «Uotford»ning sobiq xo‘jayini Valter Matsarri 2016-yilda Pogbadan ko‘ra aynan Pereyrani asosiy tarkibda afzal ko‘rishini aytgandi.
Uning Angliyaga kelganidan keyin Premer Liga havosiga tezda moslashib ketishi ortidan u jamoasining muhim futbolchisiga aylanib ulgurdi.
Muhim statistika
Argentinalik «maestro» «Uotford»ning yangi mavsumdagi to‘purariga aylanib ulgurdi. U uch o‘yinda uch gol urishga erishdi.
Pereyra «Uotford»ning so‘nggi etti golining barchasida ishtirok etgan. U shuningdek, darvoza tomon zarba yo‘llashda ham etakchilik ko‘rsatmoqda. U bu mavsumda har bir o‘yinda o‘rtacha 2.7 marta zarba yo‘llamoqda.
Pereyra «Uotford»ning eng muhim futbolchisimi?
Tan olish kerak, argentinalik futbolchi yangi mavsumni yuqori notada boshladi va shu sabab u jamoasining muhim futbolchisiga aylangan. Klub bosh murabbiyi Xavi Garsiya 4-2-2-2 o‘yin sxemasida o‘ynamoqda. Bunda Pereyra yarim himoyaning chap qanotida o‘rin egallagan va hujumga faol tarzda qo‘shilmoqda.
Ushbu vazifada u o‘zining eng yaxshi qobiliyatlarini namoyish qilmoqda. Pereyraning yarim himoyadagi boshqa futbolchilar bilan til topishib ketishi uning natijalariga ijobiy ta’sirini o‘tkazmoqda.
Dukur Risharlisonning o‘yinida pasayish kuzatilganidan keyin muhim figuraga aylanib olgan. Biroq Dukur va Pereyraning vazifalari boshqa-boshqa. Pereyraning ikkinchi hujumchi sifatida o‘ynashi klubning variantlarini yanada boyitmoqda. Shu sababli argentinalik iqtidor egasi samarali startni boshlashga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar