
APL 7-tur: Amaldagi chempion o‘z maydonida "Brayton"ni qabul qiladi
Bugun Angliya premer-ligasida ham 7-tur uchrashuvlariga start beriladi. Jumladan, amaldagi chempion “Manchester Siti” o‘z maydonida “Brayton”ni qabul qiladi.
Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:
- “Brayton” premer-liga doirasida safarda o‘tkazilgan so‘nggi 16ta o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmay kelmoqda.
- “Manchester Siti” APL doirasida o‘z maydonida o‘tkazgan so‘nggi 21ta o‘yinning 19tasida zafar quchgan.
- “Brayton” chempionatning so‘nggi 8ta o‘yinidan 7tasida o‘z darvozasidan kamida 2ta gol o‘tkazib yuborgan.
- “Manchester Siti” ortda qolgan 6ta turdan so‘ng 16 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida “Liverpul”dan so‘ng 2-o‘rinni egallab turibdi.
- “Brayton” hisobida esa 6ta o‘yindan so‘ng 5 ochko mavjud va ular mos ravishda jadvalning 13-pog‘onasidan joy olishgan.
"Manchester Siti" - "Brayton"
Stadion: "Etixad" (Manchester, Angliya)
Boshlanish vaqti: 19:00
Taxminiy tarkiblar:
"Manchester Siti": Ederson - Lyaport, Uolker, Stouns, Bernardu Silva, Gyundogan, Marez, Fernandino, Sane, Delf, Jezus
"Brayton": Rayan, Bong, Daffi, Dank, Montoyya, Balogun, Nokar, Propper, Yaxanbaksh, Bissuma, Myurrey
Fikrlar