AIBA prezidenti G‘ofur Rahimov O‘zbekistonga keldi

  • 6 noyabr, 2018, 16:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 2-3 noyabr kunlari Moskva shahrida Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi (AIBA) ning navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tgandi. Kongress davomida hamyurtimiz G‘ofur Rahimov AIBA prezidentlik saylovida ishtirok etgan va yakunda g‘alaba qozonib, tashkilot rahbariga aylangandi. Rahimov bu borada qozog‘istonlik Serik Konakbaevni ortda qoldirdi.

Tecno

Bugun hamyurtimiz AIBA prezidenti sifatida yurtimizga tashrif buyurdi. Martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov xamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabievlar kutib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, Umid Ahmadjonov Moskvada bo‘lib o‘tgan AIBA Kongressida ham bevosita ishtirok etgandi.

Ma’lumot uchun: G‘ofur Rahimov 2022 yilgacha AIBA prezidenti sifatida faoliyat olib boradi.

Manbaa: MOQ rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!