AGMK futzalchilari to‘p suradigan majmua qolgan klublar uchun o‘rnak bo‘lishi kerak

CHERY AUTO

Bungacha PFL “Metallurg” jamoasiga qarashli “Yoshlik” sport majmuasi ta’mirga muhtoj ekani borasida xabar bergandi. Klub rahbariyati hamda homiy tashkilot kuzatuv xulosalarini bugun — 17 sentyabr kuni rasmiy xat shaklida qabul qilib oladi. “Metallurg” 2019 yilgi mavsum boshlanmay turib, o‘zida mavjud bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etishi shart.

Tecno

AGMK klubiga tegishli futzal majmuasi esa PFL talablariga to‘la javob beradi. Jamoa futzalchilari klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilishdan tashqari, ayni vaqtda ham ichki chempionatda karvonboshi bo‘lib turibdi. AGMK stadioni qoshida barpo etilgan futzal majmuasi qolgan jamoalar uchun na’muna bo‘lishi kerak. Bu erda futzalchilar, murabbiylar, muxlislar hamda televidenie translyatsiyasi uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan.

Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsumdan boshlab futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida bir qator o‘zgarishlarni amalga oshiradi. AGMK zali bunda uchrashuvlarni o‘tkazish uchun asosiy maydonlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!