45 yoshli Buffon "pensiya"ga Saudiyadan chiqishi mumkin

  • 2 iyul, 2023, 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Parma" darvozaboni Janluiji Buffon Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tish haqida o‘ylamoqda.

Tecno

Yaqinda esa 45 yoshli italiyalik sobiq darvozabon faoliyatini yakunlash variantini ko‘rib chiqayotgani va shartnomasi bo‘lgan "Parma"da kelasi yilning o‘rtalariga qadar qolishi mumkinligi ma’lum bo‘lgan edi. Insayder Nikolo Skiraning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, Buffonga Saudiya Arabistonidan aniq taklif bor: mahalliy chempionat vakili bo‘lgan nomi oshkor etilmagan klub 30 million evrolik ikki yillik mehnat shartnomasi taklif qilmoqda.

Hozircha Buffon o‘z kelajagi borasida yakuniy qarorga kelgani yo‘q, lekin u buni tez orada amalga oshirishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!