
3ta penalti va bitta xet-trik qayd etilgan o‘yinda "Vilyarreal" "Granada"ni taslim etdi
La Liga 25-tur doirasidagi "Granada" - "Vilyarreal" o‘yini yakunlandi. Unda mehmonlar yirik 4:1 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Mezbonlar safida 3ta golga Arno Danjuma mualliflik qildi. Yana bir golni Moi Gomes o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ydi. Mehmonlarning yagona goli esa Luis Milya hisobiga yozildi.
Ushbu natijadan so‘ng "Granada" 24 ochko bilan jadvalda 17-o‘rinni egallagan. "Vilyarreal" 39 ochko to‘plagan holda, "Barselona"ni ortda qoldirib, 4-o‘ringa chiqib oldi.
Fikrlar