35 yoshli Maskerano yana Argentina terma jamoasiga qaytadi

  • 9 iyun, 2019, 12:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xitoyning "Xebey Chayna Forchun" klubida faoliyat olib borayotgan yarim himoyachi Xaver Maskerano yana Argentina terma jamoasiga qaytishga qaror qildi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 35 yoshli futbolchi Argentina futbol assotsiatsiyasi prezidenti Klaudio Tapia bilan bo‘lgan suhbatdan so‘ng terma jamoaga qaytishga rozi bo‘lgan. Unga ko‘ra Maskerano joriy yilning 26 iyulidan  11 avgustigacha Peruda bo‘ladigan Panamerika o‘yinlarida “albasetlar” safida o‘ynamoqchi. Ta’kidlash kerakki, ushbu musobaqada har bir terma jamoada 23 yoshdan katta bo‘lgan faqatgina 3 nafar futbolchi ishtirok etishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Maskerano Argentina terma jamoasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi hisoblanadi – 147. U o‘tgan yili Rossiyada bo‘lib o‘tgan JCh-2018dan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!