
305 kun kutilgan gol
PSJdan “Galatasaroy”ga o‘tgan argentinalik hujumchi Mauro Ikardi Turkiya superligasining navbatdagi turida nihoyat raqib darvozasiga to‘p kiritdi.
“Alanyaspor” darvozasiga berilgan aniq zarba mashhur hujumchi uchun 2022 yildagi birinchi gol sifatida qayd etildi.
Ikardi so‘nggi marotaba 2021 yilning 22 dekabrida PSJ safida “Loryan” darvozasini ishg‘ol qilgan edi. Uning quruq seriyasi 305 kun davom etdi.
Mauro Ikardi PSJ tarkibiga kira olmay qolganidan keyin ijara asosida Turkiya klubiga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi.
Fikrlar