300 millionga – 3 ta futbolchi!

  • 12 oktabr, 2023, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Team Talk nashrining yozishicha, “Chelsi” 2024 yil davomida amalga oshiriladigan asosiy transferlar bo‘yicha bir qarorga keldi.

Tecno

Klub xo‘jayinlari katta miqdorda pul sarflashni to‘xtatmaydigan bo‘lyapti.

Insayderlardan Saymon Fillips ma’lum qilishicha, asosiy nishon sifatida – “Napoli” hujumchis Viktor  Osimxen belgilangan.

“Chelsi”ning hujumini kuchaytirishga ikkinchi nomzod Eyvan Touni hisoblanadi. 27 yoshli futbolchi yanvarda diskvalifikatsiyasi yakunlanganidan keyin “Brantford”da uzoq qolmoqchi emas.

Uchinchi futbolchi hujumning o‘ng qanotiga olinadi. Bu katta ehtimol bilan “Vulverxepton” a’zosi Pedru Netu bo‘ladi.

Manbaga ko‘ra, “aristokratlar” bu futbolchilarni jamoaga olib kelish uchun kamida 300 million evro xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!