"2700chess" Nodirbek Abdusattorov natijasidan hayratda qolib, zamonaviy shaxmat tarixidagi eng yaxshi 10 natija ro‘yxatini yangilladi
Shaxmat natijalarini to‘plab boruvchi mashhur "2700chess" portali "London Chess Classic" musobaqasidagi Nodirbek Abdusattorovning so‘nggi ishtirokini yuqori baholadi. Portal yozganiga ko‘ra, o‘zbekistonlik grossmeysterning bu musobaqadagi o‘yini unda katta taassurot qoldirgan.
Shu munosabat bilan "2700chess" zamonaviy shaxmat tarixidagi TOP-10 e’tiborga molik natijalar ro‘yxatini yangiladi va unda Abdusattorovning o‘sishi alohida tilga olindi.
Portalning ta’kidlashicha, Nodirbekning Londondagi o‘yin uslubi, ayniqsa hal qiluvchi partiyalardagi bosimga chidamliligi, uni elita grossmeysterlar qatorida mustahkam o‘rin egallashga xizmat qilmoqda.



Fikrlar