228 kun futbolsiz yoxud Fozil Musaev maydonga qaytdi

  • 10 noyabr, 2018, 23:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Fozil Musaev faoliyat olib boradigan "Jubilo Ivata" klubi safarda "Tokio" bilan nursiz  durang qayd etdi. E’tiborlisi, Musaev  mazkur uchrashuvning 84-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.

Tecno

Qayd etish joiz, 29 yoshli Fozil shu yilning 27 martida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Marokashga qarshi kechgan bellashuvda jiddiy jarohat olgan va uzoq muddatga safdan chiqqan edi. Mana, oradan 228 kun  o‘tib Musaev jarohatidan forig‘ bo‘ldi va yana maydonga qaytdi.

Yaponiya J ligasi. 32-tur

"Tokio" - "Jubilo Ivata" 0:0.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!