2025 yilning eng yaxshi UFC jangchisi kim? Tom Aspinall javob berdi
Og‘ir vazn toifasida UFC chempioni Tom Aspinall promoushenning joriy yildagi eng kuchli jangchisi kim ekanini aytdi.
"Topuriya - shaxsan men uchun alohida ajralib turdi. U yil davomida aql bovar qilmas bahslarni o‘tkazdi. Iliya uzoq vaqt elita darajasida raqobatlasha oladigan yigit", - dedi britaniyalik "You Tube" kanalida.
Ma’lumot uchun, Iliya Topuriya 2024 yil fevral oyida avstraliyalik Aleksandr Volkanovskini nokautga uchratib, yarim engil vazn toifasida (65 kg) chempionga aylangandi. Iyun oyida esa u braziliyalik Charlz Oliveyrani finish qilib, engil vazn toifasidagi (70 kg) kamarni qo‘lga kiritdi.



Fikrlar