
2025 yilgi UEFA Superkubogi Italiyada bo‘lib o‘tadi
2025 yilgi UEFA Superkubogi qaerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi.
UEFA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Superkubok Udine shahridagi "Friuli" stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur stadion "Udineze"ga tegishli bo‘lib, o‘z bag‘riga 25 mingdan ko‘proq tomoshabinni sig‘dira oladi.
Eslatib o‘tamiz, ko‘p yillardan buyon Chempionlar ligasi va Evropa ligasi g‘olibi UEFA Superkubogi uchun o‘yinda to‘qnash kelishmoqda. Amaldagi chempion "Real Madrid" hisoblanadi.
Fikrlar