
2025 yilda tashkillashtirish shart bo‘lgan uchta jang qaysi?
UFC sobiq chempioni Genri Sexudo 2025 yilda tashkillashtirish shart bo‘lgan uchta jangni aytdi.
“Birinchi jang - Jon Jons va Tom Aspinall to‘qnashuvi. Dana Uayt buni yozda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Biroq men mazkur bahs noyabrda tashkil etiladi, deb o‘ylayman. Ikkinchisi - Islom Maxachev va Iliya Topuriya jangi. Butun UFC olami mana shu qarama-qarshilikni kutmoqda. Uchinchi jang esa Belal Muhammad va Shavkat Rahmonov to‘qnashuvi” — deya amerikalikning so‘zlarini keltirdi "Bloody Elbow" portali.
Eslatib o‘tamiz, Genri Sexudo oxirgi jangida Song Yadongga yutqazgan edi.
Fikrlar