
2021 yilgi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati Xitoyda o‘tkazilishi mumkin
Xitoy 2021 yilgi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilishi mumkin. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra xitoyliklar ushbu musobaqani o‘zida o‘tkazish istagini bildirgan hozircha yagona nomzod bo‘lib turishibdi. Bu boradagi taklifni esa FIFA payshanba kuni Shanxayda bo‘ladigan yig‘ilishda ko‘rib chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yildan boshlab Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yangi formatda o‘tkaziladi. Unga ko‘ra musobaqa har 4 yilda bo‘ladi va unda dunyoning eng kuchli 24 ta klubi ishtirok etadi.
Yaqin 2 ta turnir esa Qatarda eski formatda o‘tkaziladi.
Fikrlar