19 avgust kuni 3 nafar professional bokschimiz ringga ko‘tariladi

  • 12 avgust, 2018, 12:30
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Joriy yilning 19 avgust kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahri yana bir yirik professional boks kechasiga mezbonlik qiladi. Mazkur boks oqshomida 9 ta professional jang o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tecno

Ularning uchtasida 3 nafar hamyurtimiz – Ravshanbek Umurzoqov (4-0-0), Sardor Muzaffarov (2-1-0) va Jaloliddin O‘ktamov (2-1-0) yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Ravshanbekka bu to‘qnashuvda filippinlik tajribali Eden Sonsona (36-8-2) raqbilik qilsa, Sardor rossiyalik engilmas bokschi Murad Rabadanov (3-0-0) bilan o‘zaro hisob-kitob qilib oladi.

Vakillarimiz ishtirokidagi uchinchi jangda esa Jaloliddin O‘ktamov kamerunlik Daniel Negatga (1-18-0) qarshi ringga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!