
18 yoshli hujumchi "Liverpul"dagi debyut golini urdi
Jarohatlar sabab jamoaga yordam bera olmayotgan futbolchilar sabab "Liverpul" akademiyadan bir necha o‘yinchilarning xizmatidan foydalanmoqda. Ular orasida uelslik hujumchi Lyuis Kumas ham bor.
Angliya kubogidan o‘rin olgan "Sautgempton"ga qarshi bahsda asosiy tarkibda o‘yinni boshlagan 18 yoshli strayker uchrashuvning 44-daqiqasida hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.
Uning goliga esa boshqa bir yosh iste’dod Bobbi Klark assist amalga oshirdi. Shuningdek, Kumas "Liverpul" tarkibida eng yosh gol urgan futbolchiga ham aylanib oldi (18 yosh, 5 oy). Bundan oldin rekord Gordon Uollesga tegishli edi. (18 yosh, 10 oy).
Ma’lumot uchun, uelslik strayker 11 yoshida "Liverpul" akademiyasiga kelib qo‘shilgan.
Fikrlar