18 daqiqa qo‘shilgan, 2 bor VARga murojaat etilib, 1 penalti belgilangan derbida "Bunyodkor" g‘alaba qozondi

  • 18 mart, 2022, 20:40
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Lokomotiv" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

64-daqiqada Ibrohim Gbadamosi hakam belgilagan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Nigeriyalik futbolchining o‘zi bahs yakuniga qadar oradagi farqni ikkitaga etkazdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarning ikkinchisida Igor Chikrizov jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.

E’tiborlisi, Ahrol Risqullaev birinchi taymga 11, ikkinchi bo‘limga 7 daqiqa qo‘shib berdi, VARga 2 bor murojaat qildi.

Shu tariqa, ochkolari sonini 4 taga etkazib olgan holda, 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 8-pog‘onadagi "temiryo‘lchilar" 3 ochko jamg‘argan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!