
120 daqiqada davom etgan, ikki futbolchi chetlashtirilgan bahsda "Fluminense" g‘alaba qozonib, Libertadores kubogini qo‘lga kiritdi
Libertadores kubogining final bosqichidan o‘rin olgan "Boka Xuniors" - "Fluminense" o‘yini bo‘lib o‘tdi va unda braziliyaliklar 1:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Kano hisobni ochgan bo‘lsa, 72-daqiqada Advinkula farqni yo‘qqa chiqardi. Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob o‘zgarmagach, ekstra-taymlarga murojaat qilindi. 99-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Kennedi ajoyib tarzda darvozani ishg‘ol qilib, golni muxlislar bilan nishonladi va ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi. Avvalroq esa Fabra chetlashtirilgandi.
Shu tariqa, "Fluminense" "Boka Xuniors"ni taslim qilib, o‘z tarixida ilk bor Libertadores kubogini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar