100 yildan ko‘p tarixga ega futbol klubi yo‘q bo‘lib ketdi

  • 30 noyabr, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya chempionatining C Seriyasida o‘ynagan “Riminifutbol klubi tugatilgani tufayli musobaqadan chiqdi. Bu haqda Italiya futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, “Rimini” yoshlar jamoasining taqdiri hozircha mavhum bo‘lib turibdi.

“Rimini” futbol klubi 1912 yili tashkil etilgan. O‘z tarixi davomida klub ikki marta (1975/1976 va 2004/2005 yilgi mavsumlarda) Italiya C Seriyasida g‘olib chiqqan. Eng yuqori yutug‘i 2006/2007 yilgi mavsumida B Seriyasida beshinchi o‘rin bo‘lgan.

Klub faoliyat yuritgan davrda uning faoliyatida Samir Xandanovich, Alessandro Matri, Serjio Flokkari, Matteo Brigi va boshqa taniqli futbolchilar jamoa tarkibida to‘p tepgan.

Mashhur murabbiylardan Arrigo Sakki ham ushbu klubda ishlagani ma’lum.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!