
100-o‘yin! Lamin Yamal "Barselona"dagi yubiley o‘yinida maydonga tushdi
Lamin Yamal Chempionlar ligasi yarim finalida "Inter"ga qarshi o‘yinda "Barselona" safidagi yubiley 100-o‘yinida maydonga tushdi. Dastlab, futbolchini uchrashuv oldidan mashg‘ulotlarda jarohat olgani aytildi, lekin u asosiy tarkibda bahsni boshladi.
Bu borada Lamin eng yosh 100 ta o‘yinda ishtirok etgan "Barsa" futbolchisiga aylandi (17 yosh, 291 kun). Undan oldingi rekord Gaviga tegishli (19 yosh, 27 kun).
Ma’lumot uchun, Yamal ushbu mavsumni ajoyib o‘tkazmoqda. U klubi tarkibida 48 ta o‘yinda ishtirok etib, 14 ta gol urdi va 24 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar