
10 kishi bo‘lib qolgan "Arsenal" safarda g‘alaba qozondi
APL 24-turidan o‘rin olgan "Vulverxempton" - "Arsenal" o‘yini nihoyasiga etdi. Mazkur bahsda "kanonirlar" Gabrielning goli evaziga 3 ochko qo‘lga kiritdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Arteta shogirdlari hisobidagi ochkolar sonini 39 taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ular APL turnir jadvalida 5-o‘rinni band etgan. 34 ochkoga ega "bo‘rilar" 8-pog‘onada bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, mehmonlar futbolchisi Martinelli 69-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Fikrlar