Yaxshiboev Ramos bilan raqobatlashadi

  • 15 iyul, 2020, 20:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus chempionatida muvaffaqiyatli to‘p surayotgan hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev chempionatning eng foydali futbolchisi va to‘prurari nominatsiyalarida yaqqol etakchilik qilmoqda.

Tecno

Endi o‘zbek legioneri oliy liga o‘yinlarida raqibga nisbatan eng ko‘p aldamchi harakatlar qo‘llaydigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritildi.

Futbol mutaxassislari hisob-kitobiga ko‘ra, Yaxshiboev jami 130 marta birga bir vaziyatda raqiblariga nisbatan aldamchi harakatlarini qo‘llagan. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha faqatgina Gabriel Ramosdan ortda qolmoqda.

Kuchli beshlik bilan tanishing:

  1. Gabriel Ramos (“Torpedo-BelAZ”) – 133
  2. Djasurbek Yaxshiboev (“Shaxtyor”/ “Energetik-BGU”) – 130
  3. Igor Stasevich (BATE) – 113
  4. Jan Morel Po (“Neman”/ “Smolevichi”) – 113
  5. Vitaliy Lisakovich (“Shaxtyor”) – 111

Yaxshiboev: Suares va Kavaniga qarshi o‘ynaganimni unutmayman

 Yaxshiboev: “Shaxtyor”ga Evropa chempionlar ligasida o‘ynagani keldim

Yaxshiboevdan boshqa hech kim Belarus chempionatida 15 ta o‘yinda 10 ta gol ura olmagan!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!