Xomyakov: "Mulislar bo‘lmaganda, bugun bunday g‘alaba bo‘lmas edi"

  • 5 oktabr, 2024, 21:23
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Andijon" O‘zbekiston kubogi finalida "Navbahor"ni mag‘lub qilib, o‘z tarixida ilk bora sovrinni qo‘lga kiritdi. O‘yindan keyin Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi: 

Tecno

Juda ham baxtliman. Shogirdlarimni maydonda jang qilgani uchun tashakkur. Ishqibozlarimiz bo‘lmaganda, bugun bunday g‘alaba bo‘lmas edi. 

"Andijon" uchun qaysi voqea o‘yini burib yuborish nuqtasi bo‘ldi?

Kecha kuchli va kuchsiz tomonlarimizni yaxshi bilar edik. Birinchi o‘tkazib yuborgan golimiz rejamizga salbiy ta’sir qildi. Kamida 70 daqiqaga qadar tenglikni ushlab turmoqchi edik. Asosiy vaqt tugagach, penalti uchun o‘ynamoqchi emas edik. Biz 3 ta standartdan gol urdik, ammo g‘oliblar muhokama qilinmaydi.

Galabani kimga bag‘ishlaysiz?

15 yildan beri O‘zbekistonda ishlayman. Bu g‘alabani Andijon futboliga bagishlayman. Menga bu hamoani boshqarish imkoniyati berildi. Bizni xomiylarimiz va viloyat hokimiga tashakkur. G‘alabani aynan Andijon viloyatiga bagishlayman. 

Bugun omad keldimi?

Futbolda omad bo‘lmaydi. Mehnat ortidan keladi hammasi. Bu g‘alaba bizni qanday xolatga olib chiqanini yaxshi bilamiz. Bugun nishonlaymiz xolos, ikki kundan keyin "Surxon" bilan o‘rtoqlik o‘yinida tushamiz. Uzoq xursand bolishga hozir vaqt yoq. 

Bugungi uchrashuv eng muhim bahsmi?

Men uchun tarixiy o‘yin. Bu meni birinchi ilk katta g‘alabam. Endi faxrlanishga loyiq narsaga ega bo‘ldim. 15 yillik mehnatim samarasi borligidan xursandman

Bu yilni eng yaxshi o‘yinimidi?

To‘g‘risi, ich ichimdan hammasi yaxshi bo‘lishini his qildim. Hozir emotsiyada taktika haqida nimadir deyish qiyin. Biz o‘zgarishlar yordamida o‘yini burdik. Bugun yigitlar oldida ishtiyoq uchun shlyapamni echaman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!