Vinisius kutilmagan jarohat sababini ochdi

  • 26 noyabr, 2024, 13:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”da eng zo‘r o‘yinchisini yo‘qotgani haqida xabar bergan edik. “Real”ning keyingi yillardagi asosiy to‘purariga aylangan Vinisius Junior Ispaniya chempionati doirasida “Leganes”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin chap oyog‘i og‘riq, shifokorlarga murojaat qilgandi.

Tecno

O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida 24 yoshli braziliyalik legionerning son mushaklarida jarohat borligini aniqlandi va shifokor mutaxassislar futbolchi yil oxirigacha davolanishi lozim, degan xulosa berdi.  

Shundan so‘ng, Vinisius ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida jarohatga bog‘liq ma’lumot qoldirdi.

- Ahmoqona taqvim... Endi salomatligimni tiklayman, - deb yozdi braziliyalik to‘purar.

Transfermarkt portali tomonidan 200 million evroga baholanayotgan Vinisius Junior joriy mavsumda barcha turnirlarda 18 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 12 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga sakkizta golli pas uzatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!