
“Tashkent Open – 2019“: Birinchi davra yakunlandi
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida xotin-qizlar o‘rtasida o‘tayotgan “Tashkent Open – 2019“ musobaqasining birinchi davra bahslari yakunlandi.
Unda italiyalik Jasmina Paolini va chexiyalik Kristina Plishkova o‘zaro kuch sinadi. Mazkur uchrashuv Kristina foydasiga 6:4, 6:4 hisobida yakunlandi.
Shuningdek, ushbu bosqichda Polin Parmente (Frantsiya), Timea Babosh (Vengriya), Monika Nikulesku (Ruminiya) va Tatyana Mariya (Germaniya) navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Fikrlar